Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.22786104Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida O‘zbekistonning global raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida mamlakatlarning xalqaro bozordagi mavqei nafaqat tabiiy resurslar, ishlab chiqarish hajmi yoki mehnat resurslari bilan, balki ilmiy-tadqiqot salohiyati, texnologik rivojlanish, raqamlashtirish, inson kapitali, innovatsion tadbirkorlik va yangi mahsulotlarni yaratish qobiliyati bilan belgilanmoqda. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlari xalqaro va milliy statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda O‘zbekistonning Global Innovation Indexdagi o‘rni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va xodimlar soni, innovatsiyalarni joriy etayotgan korxonalar hamda amalga oshirilgan innovatsiyalar hajmi tahlil qilingan. 2025-yilgi Global Innovation Index natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 139 ta iqtisodiyot orasida 79-o‘rinni egallagani mamlakat innovatsion salohiyatida ijobiy siljish mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, innovatsion natijalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, xususiy sektorning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi ishtiroki va hududlar o‘rtasidagi innovatsion tafovutlarni qisqartirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada O‘zbekistonning global raqobatbardoshligini oshirish uchun ilm-fan va biznes integratsiyasini kuchaytirish, startaplarni moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish, texnologik transfer tizimini rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiyalarni ko‘paytirish hamda innovatsion mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Keyword(s):
innovatsion iqtisodiyot, global raqobatbardoshlik, innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, inson kapitali, ilmiy-tadqiqot ishlari, texnologik rivojlanish, startap, eksport, O'zbekiston..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)