Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.22815143Ushbu tezisda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida (SHGKM) tabiiy gazni qayta ishlash va fraksiyalash jarayonlarida hosil bo‘ladigan og‘ir uglevodorod fraksiyalaridan yangi turdagi sirt-faol moddalar olish imkoniyatlari o‘rganiladi. Og‘ir uglevodorodlarni ikkilamchi xomashyo sifatida chuqur kimyoviy qayta ishlash, ularning funksional guruhlarini modifikatsiyalash hamda sulfonlash, oksidlash va boshqa kimyoviy o‘zgarishlar asosida sirt-faollik xususiyatiga ega birikmalar sintez qilishning nazariy va texnologik jihatlari tahlil qilinadi. SHGKMdagi gazni qayta ishlash va fraksiyalash jarayonlari turli uglevodorod oqimlarini shakllantirishi sababli, ushbu xomashyoni yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlarga aylantirish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.Tadqiqotda sintez qilinadigan sirt-faol moddalarning sirt tarangligini kamaytirish, emulsiyalash, namlash, dispersiyalash va ko‘pik hosil qilish xususiyatlarini baholashga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mahsulotning kimyoviy tarkibi, funksional guruhlari, reaksiyaning optimal harorat va vaqt sharoitlari, reagentlarning molyar nisbati hamda mahsulot chiqimiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ko‘rib chiqiladi. SHGKM og‘ir uglevodorodlarini qayta ishlash orqali mahalliy xomashyo asosida neft-gaz, konchilik, flotatsiya, tekstil va boshqa sanoat tarmoqlarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi sirt-faol moddalar olish import o‘rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat ikkilamchi resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilishi mumkin.
Keyword(s):
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)