Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.22827835Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) oshqozon tarkibining qizilo‘ngachga, ayrim hollarda esa og‘iz bo‘shlig‘iga retrograd tushishi bilan kechuvchi surunkali kasallik bo‘lib, tish qattiq to‘qimalarining eroziv yemirilishi uchun muhim endogen xavf omillaridan biri hisoblanadi. Oshqozon kislotasining tish yuzasiga takroriy ta’siri emal demineralizatsiyasini kuchaytirib, vaqt o‘tishi bilan tish qattiq to‘qimalarining qaytmas yo‘qolishiga olib kelishi mumkin [6,7]. Zamonaviy meta-tahlillar GERKli bemorlarda tish eroziyasi sog‘lom nazorat guruhiga nisbatan ko‘proq uchrashini ko‘rsatadi. Yanushevich va hammualliflarning 28 ta tadqiqot hamda 4379 nafar ishtirokchini qamrab olgan meta-tahlilida tish eroziyasi GERKli bemorlarning 51,5% ida, nazorat guruhining esa 21,4% ida aniqlangan [1]. Biroq mavjud eroziv shikastlanishni aniqlashning o‘zi uning keyingi progressiyasini oldindan baholash uchun yetarli emas. Shu sababli klinik indekslarni so‘lakning funksional ko‘rsatkichlari va boshqa xavf omillari bilan birgalikda baholash dolzarb ilmiy yo‘nalish hisoblanadi.
Keyword(s):
gastroezofageal reflyuks kasalligi, tish eroziyasi, BEWE, so'lak pH, bufer sig'imi, salivatsiya, xavf stratifikatsiyasi..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)