Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.22897078Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliy matematika va informatika fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning algoritmik va matematik tafakkurini rivojlantirishning metodik asoslari tadqiq etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida matematik bilimlarni algoritmlash, matematik modellashtirish va dasturlash bilan bog‘lash o‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, yechimni bosqichma-bosqich rejalashtirish va natijani tekshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Tadqiqotda matematika va informatika fanlari integratsiyasining mazmuni, algoritmik tafakkurning asosiy komponentlari hamda matematik masalalarni algoritmik-dasturiy yechimga aylantirish bosqichlari tahlil qilindi. Ilmiy adabiyotlar, xususan, matematika ta’limida computational thinkingni qo‘llashga bag‘ishlangan sistematik tadqiqotlar hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchining algoritmik tafakkurni rivojlantirishga oid metodik ishlari asosida integratsion metodik model ishlab chiqildi. Tadqiqot natijasida “muammo – matematik tahlil – model – algoritm – dastur – tekshirish – matematik talqin” ketma-ketligiga asoslangan yondashuv taklif etildi. Mazkur model o‘quvchilarning matematik bilimlarini amaliy va algoritmik faoliyat bilan bog‘lashga, mustaqil fikrlash va muammolarni yechish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Keyword(s):
amaliy matematika, informatika, fanlararo integratsiya, algoritmik tafakkur, matematik tafakkur, computational thinking, matematik modellashtirish, algoritmlash, dasturlash, raqamli kompetensiya..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)