Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.22915415Mazkur maqolada Ichki ishlar vazirligi akademik litsey o‘quvchilarida shaxsiy-kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillarning pedagogik-psixologik mazmuni tahlil qilinadi. Shaxsiy-kasbiy tayyorgarlik tushunchasi o‘quvchining kelajakdagi ichki ishlar organlari faoliyatiga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari bilan bir qatorda kasbiy motivatsiya, mas’uliyat, intizom, stressga chidamlilik, kommunikativ kompetentlik, o‘zini boshqarish, refleksiya, huquqiy ong va kasbiy identifikatsiya kabi shaxsiy sifatlarning integrativ tizimi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda obyektiv omillar sifatida ta’lim-tarbiya muhitining tashkil etilishi, pedagogik jarayon mazmuni, moddiy-texnik sharoit, o‘qituvchi va murabbiylarning kasbiy kompetentligi, jamoaviy-psixologik muhit hamda kasbiy yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar ajratib ko‘rsatilgan. Subyektiv omillar tarkibiga esa o‘quvchining kasbiy motivatsiyasi, individual-psixologik xususiyatlari, o‘z-o‘zini baholashi, irodaviy sifatlari, stressga chidamliligi, kasbiy qiziqishi, qadriyatlar tizimi va refleksiv qobiliyatlari kiritilgan. Maqolada ushbu omillarning o‘zaro ta’siri asosida IIV akademik litsey o‘quvchilarining shaxsiy-kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik modeli taklif etiladi.
Keyword(s):
IIV akademik litseyi, shaxsiy-kasbiy tayyorgarlik, obyektiv omillar, subyektiv omillar, kasbiy motivatsiya, kasbiy identifikatsiya, psixologik tayyorgarlik, kommunikativ kompetentlik, stressga chidamlilik, refleksiya..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)