Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.22930507Ushbu maqolada raqamli avlod vakillari, ya'ni zamonaviy o'smirlarning emotsional intellekti muammosi va uni rivojlantirishda sun'iy intellekt texnologiyalari bilan maktab maslahatchisi (maktab psixolog-konsultanti) o'rtasidagi hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli muhitda o'sayotgan o'smirlarda hissiyotlarni anglash, o'zini boshqarish, empatiya va ijtimoiy munosabatlar ko'nikmalarining shakllanishida yuzaga keladigan o'ziga xos qiyinchiliklar ko'rib chiqiladi. Maqolada sun'iy intellektga asoslangan vositalarning (chatbotlar, kayfiyatni kuzatuvchi ilovalar, moslashtirilgan ta'lim platformalari) maktab maslahat xizmatida qo'llanilish imkoniyatlari, ularning afzalliklari va cheklovlari yoritiladi. Shuningdek, sun'iy intellekt va maktab maslahatchisi o'rtasidagi samarali hamkorlik modeli taklif etiladi, unda texnologiya dastlabki diagnostika va monitoring vositasi sifatida, maslahatchi esa yakuniy qaror qabul qiluvchi va inson omilini ta'minlovchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi. Tadqiqot natijalari o'smirlarning emotsional farovonligini oshirishda kompleks, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan yondashuvning zarurligini ko'rsatadi.
Keyword(s):
raqamli avlod, emotsional intellekt, sun'iy intellekt, maktab maslahatchisi, o'smirlar, psixologik yordam, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy-emotsional ta'lim, insonparvar pedagogika..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)