Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.22956587Maqolada oliy ta’lim talabalarida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model ishlab chiqilgan. Tadqiqot konseptual-modellashtirish xarakteriga ega bo‘lib, self-directed learning va self-regulated learning nazariyalari, motivatsiya, formativ baholash hamda metakognitiv boshqaruvga oid 15 ta xalqaro manba asosida tizimli kontent-tahlil, qiyosiy tahlil va pedagogik modellashtirish usullari qo‘llanildi. Natijada diagnostik, maqsadli, mazmuniy-faoliyat, monitoring-refleksiv va natijaviy bloklardan iborat besh komponentli model taklif etildi. Model o‘qituvchining nazorat qiluvchi rolidan tutor va fasilitator roliga bosqichma-bosqich o‘tishini, talabaning esa maqsad qo‘yish, rejalashtirish, axborot manbalarini tanlash, vaqt va resurslarni boshqarish, o‘z faoliyatini monitoring qilish hamda refleksiya asosida tuzatish ko‘nikmalarini egallashini nazarda tutadi. Modelning baholash tizimi motivatsion-maqsadli, kognitiv-strategik, tashkiliy-resurs, metakognitiv-refleksiv va natijaviy mezonlar bilan tavsiflandi. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni alohida uy vazifalari majmuasi sifatida emas, balki o‘quv jarayonining rejalashtiriladigan, kuzatiladigan va tahlil qilinadigan siklik tizimi sifatida tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi. Taklif etilgan model fanlararo moslashtirish, LMS analitikasi, portfolio, rubrikalar va peer-feedback bilan integratsiya qilish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Keyword(s):
mustaqil ta'lim, self-directed learning, o'zini o'zi boshqarib o'qish, metakognitsiya, avtonomlik, formativ baholash, refleksiya, raqamli ta'lim muhiti..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)