Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23020058Annotatsiya. Qalqonsimon bez tugunlari zamonaviy klinik amaliyotda keng uchraydigan patologik holatlardan biri bo‘lib, ularning aksariyati xavfsiz xarakterga ega. Shu bilan birga, ayrim tugunlar malign jarayon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi sababli ularni o‘z vaqtida aniqlash va xavf darajasini to‘g‘ri baholash muhim diagnostik vazifa hisoblanadi. Ultrasonografik tekshiruv qalqonsimon bez tugunlarining morfologik xususiyatlarini baholashda asosiy noinvaziv usullardan biridir. ACR TI-RADS (Thyroid Imaging Reporting and Data System) tizimi tugunlarning ultratovush belgilarini standartlashtirish va malignizatsiya xavfini stratifikatsiya qilish imkonini beradi. Ushbu tezisda qalqonsimon bez tugunlarining kompozitsiyasi, exogenicligi, shakli, chegaralari va exogen o‘choqlari kabi asosiy ultratovush belgilarining diagnostik ahamiyati tahlil qilindi. ACR TI-RADS tizimiga ko‘ra tugunlarni TR1–TR5 kategoriyalariga ajratish va ularning malignizatsiya xavfini baholashning asosiy tamoyillari yoritildi. Mazkur yondashuv xavfsiz tugunlarni malignizatsiyaga shubhali tugunlardan differensial ajratish, keraksiz invaziv tekshiruvlarni kamaytirish va biopsiyaga muhtoj bemorlarni tanlash imkonini beradi.
Keyword(s):
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)