Loading...
Loading...
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23021509Poliplı rinosinusit (PRS) burun bo'shlig'i va paranazal bo'shliqlar shilliq qavatining surunkali yallig'lanish kasalligi bo'lib, populyatsiyaning taxminan 2–4% ida uchraydi. So'nggi yillarda o'tkazilgan immunologik tadqiqotlar PRSning ko'pchilik holatlarida patogenezning markazida 2-tip yallig'lanish (Type 2 inflammation) yotishini ko'rsatdi. Ushbu jarayon Th2-limfotsitlar va 2-tip tug'ma limfoid hujayralar (ILC2) tomonidan ishlab chiqariladigan IL-4, IL-5 va IL-13 sitokinlari, shuningdek eozinofillar, tuchan hujayralar va IgE bilan bog'liq mexanizmlar orqali amalga oshadi. Maqolada 2-tip yallig'lanishning molekulyar mexanizmlari, uning nazal poliplar shakllanishidagi roli, klinik ko'rinishlarga ta'siri (astma va aspirin intoleransligi bilan uyg'unlashuvi — AERD/Samter triadasi), hamda biologik terapiya (dupilumab, mepolizumab, omalizumab) samaradorligi tahlil qilingan. Xulosa qilib aytganda, 2-tip yallig'lanish endotipini aniqlash zamonaviy shaxsiylashtirilgan davolash strategiyasini tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyword(s):
poliplı rinosinusit, 2-tip yallig'lanish, IL-4, IL-5, IL-13, eozinofiliya, ILC2, dupilumab, nazal poliplar, endotip.
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)