Loading...
Loading...
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23084727Mazkur maqolada oshpazlik yo‘nalishida tahsil olayotgan birinchi bosqich talabalariga “Mehnat muhofazasi” fanini o‘qitishning amaliy-metodik yondashuvlari tadqiq etilgan. Oshpazlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bo‘lajak mutaxassisning mehnat xavfsizligi bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ish jarayonidagi xavf omillarini oldindan aniqlash, ularning sabab va oqibatlarini baholash, xavfsiz harakatlar ketma-ketligini tanlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarurligi asoslangan. Tadqiqot Andijon shahar 6-sonli texnikumining oshpazlik yo‘nalishi birinchi bosqich talabalarini o‘qitish jarayonidagi pedagogik kuzatuvlar va amaliy mashg‘ulotlar asosida olib borildi. Mashg‘ulotlarda muammoli ta’lim, keys-study, rolli o‘yin, demonstratsiya, amaliy mashq, vaziyatli topshiriq, simulyatsiya va refleksiya kabi metodlardan foydalanildi. Pedagogik kuzatuvlar interfaol metodlar talabalarning mashg‘ulotdagi faolligini oshirish, xavfli vaziyatlarni mustaqil aniqlash, xavfsizlik qoidalarining mazmun va sabablarini anglash hamda nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lashga yordam berganini ko‘rsatdi. Maqolada oshxona jihozlaridan xavfsiz foydalanish, elektr va yong‘in xavfsizligi, issiq yuzalar va bug‘dan himoyalanish, pichoq va kesuvchi asboblar bilan ishlash, sanitariya-gigiyena, birinchi yordam hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha amaliy-metodik yondashuvlar tizimlashtirilgan.
Keyword(s):
mehnat muhofazasi, oshpazlik ta'limi, kasbiy ta'lim, xavfsizlik kompetensiyasi, interfaol metod, amaliy mashg'ulot, muammoli ta'lim, keys-study, simulyatsiya, oshxona jihozlari, sanitariya-gigiyena..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)