Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23106039Mazkur tezisda relevantlik tushunchasining tarixiy shakllanishi, ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotidagi mazmun-mohiyati hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya makonidagi transformatsiyasi sinergetik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Relevantlik an’anaviy epistemologik va axborot nazariyalarida muayyan obyekt, hodisa yoki axborotning belgilangan maqsad, ehtiyoj va kontekstga muvofiqligi sifatida talqin qilinib kelgan bo‘lsa, mazkur tadqiqotda u murakkab, ochiq va o‘zgaruvchan tizimlarda ma’no, ehtiyoj, maqsad va axborot o‘rtasida yuzaga keluvchi dinamik muvofiqlik munosabati sifatida konseptuallashtiriladi. Tadqiqotda relevantlikning tarixiy-falsafiy ildizlari antik falsafadagi “moslik”, “maqsadga muvofiqlik”, “haqiqat” va “amaliy foydalilik” kategoriyalari bilan bog‘lanadi. Shuningdek, zamonaviy axborot jamiyatida relevantlikning statik xususiyatdan dinamik va kontekstual xususiyatga o‘tishi asoslanadi. Sinergetik mushohada asosida relevantlikning yangi modeli – “kontekst–ehtiyoj–ma’no–vaqt” modeli taklif etiladi. Ushbu modelga ko‘ra, axborotning relevantligi uning mutlaq xususiyati emas, balki muayyan tizimning holati, maqsadi, ehtiyoji va vaqt parametrlariga bog‘liq ravishda vujudga keladigan emergent hodisadir.
Keyword(s):
relevantlik, sinergetika, falsafa, axborot, ma'no, kontekst, epistemologiya, ontologiya, axborot makoni, emergentlik, murakkab tizim, o'z-o'zini tashkil etish, dinamik muvofiqlik.
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)