Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23134017Maqolada o‘zbek xalq qo‘shiqlarida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan normativ poetik qonuniyatlar – ritm va vazn, strofika va kompozitsiya, parallelizm, takror va formula, an’anaviy ramz va sifatlash, janr-funksional me’yorlar – qanday tamoyillar asosida namoyon bo‘lishi tadqiq etiladi. Tadqiqot materiali sifatida M.Alaviya tuzgan «Oq olma, qizil olma» to‘plami olinib, undagi 6 200 dan ortiq misra raqamlashtirilgan matn asosida hijo miqdori, band hajmi va qofiyalanish tartibi bo‘yicha tahlil qilindi. Natijalar A.N.Veselovskiyning tarixiy poetika konsepsiyasi, Atoulloh Husayniyning «Badoyi’u-s-sanoyi’» asaridagi mumtoz badiiy san’atlar nazariyasi hamda o‘zbek folklorshunoslari (O.Safarov, A.Musaqulov, K.Imomov va boshq.) qarashlari bilan qiyoslandi. Lirik terma qo‘shiqlarda yetti hijoli misralar 68 foizni, to‘rtliklar esa ko‘p misrali bandlarning 59 foizini tashkil etishi, laparlarda o‘n bir hijoli tizim (56,1 %), mehnat qo‘shiqlarida yetti hijoli tizim (77,3 %) yetakchiligi aniqlandi. Tahlillar xalq qo‘shig‘idagi me’yor qat’iy qoida emas, balki variantlilik ichida barqaror qoladigan invariant model ekanini, u sinkretik ijro, kollektiv xotira va marosim funksiyasi orqali ta’minlanishini ko‘rsatdi. Shu asosda normativ qonuniyatlarning namoyon bo‘lishining olti tamoyili – ritmik-sinkretik, strofik-kompozitsion, parallelistik, formulaviy-takroriy, ramziy-semantik va janr-funksional tamoyillar asoslab berildi.
Keyword(s):
xalq qo'shig'i, normativ poetika, an'anaviylik, variantlilik, psixologik parallelizm, formula, naqarot, barmoq vazni, to'rtlik, ramz, badiiy san'at, sinkretizm.
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)