Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23185743Annotatsiya. Maqolada intensiv bog‘lar uchun yaratilayotgan o‘ziyurar meva teruvchi mashina va konteyner tashiydigan ikki o‘qli tirkama platformasidan iborat agregatning bo‘ylama dinamik turg‘unligi nazariy tadqiq etilgan. Erkin jism usuli, Nyutonning ikkinchi qonuni va statik momentlar muvozanati asosida qiyalikda tortish va tormozlanish rejimlari uchun mashina hamda tirkama g‘ildiraklariga ta’sir etuvchi normal reaksiyalar, ilmoq kuchi va ular orqali bo‘ylama turg‘unlik mezonlari aniqlandi: bo‘ylama ag‘darilish va sirpanishning statik chegaraviy burchaklari, oldingi o‘qning yuklanganlik koeffitsienti bo‘yicha boshqariluvchanlik sharti va tormozlanishda ilmoqning siqilmaslik sharti. Tormoz momentining bo‘lakli-chiziqli o‘sishini va ilmoqning elastik-dissipativ xossalarini hisobga oluvchi ikki massali model yordamida o‘tkinchi jarayondagi ilmoq kuchi baholandi. Hisobiy parametrlarda tirkama bilan ko‘tarilishda boshqariluvchanlik saqlanadigan chegaraviy qiyalik 31,8° dan 21,0° gacha kamayishi, tirkama tormozining 0,4 s kechikishi ilmoqda 3,6 kN, 10 mm lyuft mavjud bo‘lganda esa 4,36 kN siquvchi kuch hosil qilishi (dinamiklik koeffitsienti 1,14–1,38) ko‘rsatildi. Tormoz kuchlarining moslik koeffitsienti kT ≥ 1 bo‘lishi va tirkama tormozi mashina tormozidan kechikmasligi agregat bo‘ylama dinamik turg‘unligining asosiy sharti ekanligi asoslandi.
Keyword(s):
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)