Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23274088Bug’ kompressorli atmosfera suv generatorlarining (AHSQ) solishtirma energiya sarfi (SES) yuqori bo’lib, quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) bilan avtonom ishlaganda unumdorlikni bevosita cheklaydi; xorijiy qurilmalarning pasport ko’rsatkichlari (30 °C, 80 %) Farg’ona iqlimiga mos kelmaydi. Maqsad — ASG 02 (BWT-2) avtonom qurilmasi uchun eng kam energiya talab qiladigan ish rejimlarini nazariy va tajribaviy asoslash. Metodologiya. Farg’ona meteostansiyasining (WMO 38618) 1991–2020-yillar iqlim me’yorlari asosida kondensat (+5 °C) va muz (−3 °C) rejimlari uchun psixrometrik model tuzildi; model Trotec TTK 140S qurilmasining 24 nuqtali o’lchov ma’lumotlari bilan kalibrlandi va natijalar CPC–absorbsion hamda PV–kompressorli tizimlar bilan qiyoslandi. Natijalar. Aprel–oktabrda kondensat rejimi SESi 0,61–0,88 kVt·soat/l (ideal chegara), kalibrlangan real qiymat 1,52–2,52 kVt·soat/l; noyabr–martda suv faqat muz rejimida 1,09–1,56 kVt·soat/l sarf bilan olinadi. Kalibrlash tenglamasi SESreal = 3,70·SESmodel − 0,73 (R² = 0,937; MAPE 10,8 %). Tungi rejim SESni 32–60 %, kondensator issiqligi bilan muz eritish 12–20 % kamaytiradi. PV–kompressorli sxema 1 m² quyosh yuzasidan yiliga ~254 l suv beradi — CPC–absorbsion tizimdan (Tehron, 172 l) 1,5 marta ko’p. Ilmiy yangilik — Farg’ona uchun oylik rejim xaritasi, model–tajriba tuzatish koeffitsiyenti va birinchi qonun asosidagi SESmin mezoni.
Keyword(s):
atmosfera havosidan suv olish, solishtirma energiya sarfi, psixrometrik model, kalibrlash, muz eritish, issiqlik rekuperatsiyasi, fotoelektr stansiya, Farg'ona vodiysi.
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)