Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23269693Maqolada g‘urza (Vipera lebetina turanica) zahari proteolitik kompleksining fibrino(geno)litik va trombolitik faolligi eksperimental o‘rganilgan. Zahar Sephacryl S-200 va Superose-12 gel-filtratsiyasi yordamida fraksiyalarga ajratildi; fraksiyalarda BAEE-esteraza (ΔA253) va L-aminokislota oksidaza (ΔA436) faolliklari aniqlandi. Fibrinolitik faollik fibrin plastinkalari testida, fibrinogenolitik faollik esa inson fibrinogeni (1 %) bilan 3 soatlik inkubatsiyadan so‘ng 10 % DSN-PAAG elektroforezida baholandi. Butun zahar 50 va 25 mkg dozalarda fibrinni faol parchalagan (lizis zonalari mos ravishda 324,0 va 341,1 mm²). Sephacryl S-200 orqali olingan fraksiyalar ichida eng yuqori fibrinolitik faollik III-1 fraksiyasida qayd etildi; 1-fraksiya (60–94 kDa) asosan L-aminokislota oksidaza, 2-fraksiya (14–32 kDa) esa BAEE-esteraza va fosfolipaza faolligi bilan tavsiflandi. Molekulyar massasi ≥76–43 kDa bo‘lgan fraksiyalar fibrinogenning avvalo Aα, so‘ngra Bβ zanjirini, ≤43–25 kDa bo‘lgan fraksiyalar esa asosan Bβ zanjirini gidrolizlagan; γ-zanjir barcha hollarda saqlanib qolgan. Donor qonidan hosil qilingan trombda 24 soatlik inkubatsiyada nam tromb massasi nazoratdagi 274,8±5,6 mg dan 500 va 1000 mkg/tromb dozalarda mos ravishda 214,7±2,8 va 190,22±9,15 mg gacha, 48 soatda esa nazoratdagi 260,9±5,6 mg dan 158,22±4,52 va 120,85±4,95 mg gacha kamaygan (p<0,05). III-1 fraksiyasi yuqori fibrinolitik va nisbatan past gemorragik faollikni birlashtirgani sababli gemorragik bo‘lmagan fibrinogenazalarni ajratish uchun istiqbolli boshlang‘ich material hisoblanadi.
Keyword(s):
Vipera lebetina turanica, ilon zahari, proteolitik kompleks, fibrinogenaza, fibrinoliz, tromboliz, DSN-PAAG, gel-filtratsiya, gemostaz.
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)