Loading...
Loading...
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23296330Qandli diabet 2-turi (QD2) yurak-qon tomir kasalliklari va yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim metabolik kasallikdir. Yurak mushagidagi strukturaviy va funksional o‘zgarishlar ayrim bemorlarda klinik simptomlar va chap qorincha chiqarish fraksiyasi pasayishidan oldin shakllanishi mumkin. Shu sababli subklinik miokard disfunksiyasini erta aniqlash dolzarb hisoblanadi. Speckle-tracking echocardiography — STE (спекл-трекинг эхокардиография; spekl-treking echokardiografiya) miokard deformatsiyasini miqdoriy baholash imkonini beruvchi zamonaviy noinvaziv usul bo‘lib, global longitudinal strain — GLS (глобальная продольная деформация; global bo‘ylama deformatsiya) chap qorincha subklinik sistolik disfunksiyasini aniqlashda muhim parametr hisoblanadi. Ushbu ilmiy sharhda QD2da chap qorincha subklinik disfunksiyasining patofiziologik asoslari, standart echokardiografiyaning imkoniyatlari va cheklovlari, STE va GLSning diagnostik ahamiyati hamda miokard deformatsiyasining metabolik, yallig‘lanish va kardiorenal markerlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.
Keyword(s):
qandli diabet 2-turi, chap qorincha, subklinik disfunksiya, speckle-tracking echokardiografiya, global longitudinal strain, miokard deformatsiyasi, insulin rezistentligi, diabetik kardiomiopatiya..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)