Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23384098Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitishda autentik audio-video materiallarining audiovizual idrok, nutqiy axborotni qayta ishlash va mustaqil og‘zaki nutq yaratish jarayonlariga ta’siri metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi o‘quvchilarning videomateriallarda aks etgan verbal va noverbal belgilarni birgalikda anglash, kommunikativ vaziyatning mazmunini tiklash hamda eshitilgan nutq namunalarini yangi muloqot sharoitida mustaqil qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Maqolada videodublyaj, dialogni qayta yaratish, rolli ijro, ovozli sharhlash va mustaqil audiovizual mahsulot tayyorlash kabi topshiriqlarning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning tinglab tushunish aniqligi, nutqiy ravonligi, mazmuniy izchilligi, talaffuz ravshanligi va kommunikativ mustaqilligini kompleks baholashga qaratilgan metodik yondashuv taklif etiladi. Autentik materiallarni faol nutqiy faoliyat bilan birlashtirish ingliz tilini o‘rganishni tayyor axborotni qabul qilish darajasidan mustaqil fikr yaratish va uni og‘zaki ifodalash bosqichiga olib chiqishi mumkinligi asoslanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati o‘qituvchilar uchun audiovizual resurslarni ijodiy, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga integratsiyalash imkoniyatlarini belgilash bilan izohlanadi.
Keyword(s):
autentik audio-video materiallar, audiovizual idrok, tinglab tushunish, og'zaki nutq, nutqiy qayta yaratish, videodublyaj, kommunikativ mustaqillik, rolli ijro, nutqiy ravonlik, audiovizual ta'lim..
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)