Loading...
Loading...
Contributors:
Dataset URI:
10.5281/zenodo.23835745Buxgalteriya hisobi zamonaviy iqtisodiyotda strategik boshqaruv qarorlari uchun muhim axborot manbaiga aylangan, biroq raqamli transformatsiya sharoitida uning O'zbekistondagi strategik o'rni yetarlicha o'rganilmagan. Texnologik innovatsiyalar va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS) o'tish sohani tubdan o'zgartirib, mutaxassislardan yangi kompetensiyalarni talab qilmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotda buxgalteriya hisobining dolzarbligini, transformatsiya jarayonlarini va rivojlanish istiqbollarini O'zbekiston kontekstida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot tizimli adabiyotlar sharhi metodologiyasiga asoslangan bo'lib, ma'lumotlar Google Scholar va O'zbekistonning ilmiy jurnallari bazalaridan izlandi. Tahlil uchun 2020-yildan keyin nashr etilgan, buxgalteriya hisobining raqamli transformatsiyasi va strategik ahamiyatini yorituvchi 20 ta manba tanlab olindi. Tahlil natijalari raqamli transformatsiya buxgalteriya hisobini operatsiyalarni qayd etish tizimidan strategik boshqaruv qarorlari uchun muhim axborot manbaiga aylantirganini ko'rsatdi. Avtomatlashtirish, elektron hujjat aylanishi va axborot tizimlarining integratsiyasi jarayonlarni tezlashtirib, xatolarni kamaytiradi, axborot aniqligi va shaffofligini oshiradi. XMHSga o'tish va blokcheyn kabi texnologiyalar hisobotlarning ishonchliligini ta'minlaydi. Xulosa qilib aytganda, buxgalteriya hisobining raqamli transformatsiyasi uning strategik ahamiyatini oshirib, korxonalarga tezkor va asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi, bu esa O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun muhimdir.
Keyword(s):
buxgalteriya hisobi, raqamli transformatsiya, strategik boshqaruv, sun'iy intellekt, blokcheyn, xmhs, o'zbekiston.
MeSH Term(s):
Grants and Funding:
No Grants or Funding Data Available
Associated Publication(s):
No Associated Publication Data Available
Supplementary Data:
No Supplementary Data Available
Related Dataset(s):
No Related Dataset Data Available
The National Library of Medicine (NLM) provides information about biomedical datasets. Inclusion on an NLM Web page does not imply endorsement of, or agreement with, the contents by NLM or the National Institutes of Health. Learn more: NLM Web Policies (nih.gov)